Home Без рубрики Yevro-2020. Ukraina termasiga javobsiz to‘rtta gol urgan inglizlar yarim finalda!

Yevro-2020. Ukraina termasiga javobsiz to‘rtta gol urgan inglizlar yarim finalda!

by admin


Yevropa chempionati chorak final bosqichidan o‘rin olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. So‘nggi bellashuvda Ukraina ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongan Angliya o‘z yurishini davom ettirish huquqini qo‘lga kiritdi.

Dastlab, Xarri Keyn tezkor goli bilan hisobni ochdi. Keyinchalik uning o‘zi dublni rasmiylashtirdi. «Uch sherlar»ning qolgan gollariga Maguayr hamda Jordan Xenderson mualliflik qildi.

Endi Garet Sautgeyt shogirdlari final ostonasida Daniyaga qarshi maydonga tushadi.

Ukraina — Angliya 0:4
Gol:
4-Keyn (0:1), 46 -Maguayr (0:2), 50-Keyn (0:3), 63 -Xenderson (0:4)
Ukraina: Bushan, Krivsov, Sidorchuk, Yarmolenko, Yaremchuk, Shaparenko, Zabarniy, Mikolenko, Zinchenko, Karavayev, Matviyenko.
Zahira: Pyatov, Trubin, Sobol, Sudakov, Stepanenko, Marlos, Makarenko, Sigankov, Bezus, Zubkov, Timchik, Dovbik.

Angliya: Pikford, Uolker, Shou, Rays, Stounz, Maguayr, Keyn, Sterling, Fillips, Sancho, Maunt.
Zahira: Ramsdeyl, Jonston, Grilish, Xenderson, Reshford, Trippe, Mings, Kodi, Kalvert-Lyuin, Foden, Chiluell, Bellingem.



Source link

You may also like

Leave a Comment