Home Без рубрики «Yevro-2020». Shevchenko boshchiligidagi Ukraina Shvetsiyani taslim qildi va chorak finalga chiqdi

«Yevro-2020». Shevchenko boshchiligidagi Ukraina Shvetsiyani taslim qildi va chorak finalga chiqdi

by admin


Yevropa chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Shvetsiya va Ukraina terma jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga yetdi.
Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yin 1:2 hisobida Andrey Shevchenko boshchiligidagi Ukraina terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni g‘olib jamoa safida gollarni Aleksandr Zinchenko 27′ va Artyom Dovbik 120′ kiritgan bo‘lsa, shvedlarning yagona javob goliga Emil Forsberg 43′ mualliflik qildi.

Endi Ukraina musobaqaning chorak finalida Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yin 3 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Shvetsiya – Ukraina 1:2
Gol:
27 -Aleksandr Zinchenko, (0:1), 43 -Emil Forsberg (1:1), 120+1 Artyom Dovbik (1:2)

Shvetsiya: 1.Robin Ulsen – 2.Mikael Lustig, 3.Viktor Lindelyof, 24.Markus Danielson, 6.Lyudvig Augustinsson – 7.Sebastyan Larsson, 20.Kristoffer Olsson, 8.Albin Ekdal, 10.Emil Forsberg – 21.Deyan Kulusevski, 11.Aleksander Isak
Zaxira: 12.Karl-Yuxan Yunsson, 23.Kristoffer Nordfeldt, 5.Perr Bengtsson, 9.Markus Berg, 13.Gustav Svensson, 14.Filip Xelander, 15.Ken Sema, 16.Emil Kraft, 17.Viktor Klasson, 18.Pontus Yansson, 22.Robin Kvayson, 26.Yens-Lis Kayuste

Ukraina: 1.Georgiy Bushan – 21.Aleksandr Karavayev, 13.Ilya Zabarniy, 4.Sergey Krivsov, 22.Nikolay Matviyenko – 5.Sergey Sidorchuk, 6.Taras Stepanenko, 17.Aleksandr Zinchenko, 7.Andrey Yarmolenko, 10.Nikolay Shaparenko – 9.Roman Yaremchuk
Zaxira: 12.Andrey Pyatov, 23.Anatoliy Trubin, 2.Eduard Sobol, 8.Ruslan Malinovskiy, 11.Romero Bonfim Marlos, 14.Yevgeniy Makarenko, 15.Viktor Sigankov, 16.Vitaliy Mikolenko, 18.Roman Bezus, 19.Artyom Besedin, 24.Aleksandr Timchik, 26.Artyom Dovbik

Ukraina Shvetsiya chorak final



Source link

You may also like

Leave a Comment