Home Без рубрики Yevro-2020 ning eng yaxshilari nomi e’lon qilindi

Yevro-2020 ning eng yaxshilari nomi e’lon qilindi

by admin


Italiya terma jamoasining chempionligi bilan yakuniga yetgan Yevropa-2020da individual sovrinlar sohiblari e’lon qilindi.

Donnaruma
Jamoasining chempionligiga ulkan hissa qo‘shgan, yarim final va finalda penaltilar seriyasida ustun kelgan darvozabon Janluiji Donnarumma musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

22 yoshli darvozabonga mukofotni UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin topshirdi.

Shunday qilib Donnarumma bir vaqtlar Daniya darvozasini qo‘riqlagan Peter Shmeyxeldan keyin qit’a chempionatining eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lgan ikkinchi posbonga aylandi.

Pedri
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri Yevro-2020ning eng yaxshi yosh o‘yinchisiga aylandi.
18 yoshli ispaniyalik futbolchi musobaqada 6ta o‘yin o‘tkazdi va ularning har birida asosiy tarkibda harakat qildi.
Ispaniya terma jamoasi yarim finalga qadar yetib bordi va penaltilar seriyasida Italiyaga imkoniyatni boy berdi.

Ronaldu
Krishtianu Ronaldu 5ta gol bilan turnir to‘purariga aylandi. Garchi Chexiya termasi hujumchisi Patrik Shik ham beshta gol urgan bo‘lsa-da, portugaliyalik hujumchi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustun keldi.



Source link

You may also like

Leave a Comment