Home Без рубрики «Yevro-2020». Italiya penaltilar seriyasida Ispaniyani mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

«Yevro-2020». Italiya penaltilar seriyasida Ispaniyani mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

by admin


“Yevro-2020” yarim final bosqichidan o‘rin olgan Italiya hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. 
60-daqiqada Federiko Keza hisobni ochdi. 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Alvaro Morata muvozanatni tikladi. Bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida boshqa gol kiritilmadi va g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasi murojaat etildi.

“Futbol lotereyasi”da esa omad italiyaliklarga kulib borqdi — 4:2. «Moviya gvardiya»dan Lokatellining zarbasini Simon qaytargan bo‘lsa, «qizil furiya» tarkibida Olmo (noaniq) va Morata (darvozabon) penaltini golga aylantira olmadi.

Shu tariqa, Italiya o‘z tarixida to‘rtinchi marta Yevropa chempionati finaliga chiqdi. Roberto Manchini shogirdlarining finaldagi raqibi esa Angliya — Daniya uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Italiya – Ispaniya 1:1
Gol:
60 -Keza (1:0), 80 -Morata, (1:1). Penaltilar seriyasi: 4-2
Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Bonuchchi, Kellini, Emerson, Barella, Jorjino, Verratti, Keza, Immobile, Insine.
Ispaniya: Unay Simon, Aspilikueta, Erik Garsiya, Laport, Jordi Alba, Koke, Buskets, Pedri, Ferran Torres, Oyarsabal, Dani Olmo.



Source link

You may also like

Leave a Comment