Home Без рубрики Yevro-2020. Ispaniya penaltilar seriyasida Shveysariyani yengdi va yarim finalga yo‘l oldi

Yevro-2020. Ispaniya penaltilar seriyasida Shveysariyani yengdi va yarim finalga yo‘l oldi

by admin


Yevropa chempionati chorak final bosqichidan o‘rin olgan Shveysariya hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. 
Asosiy vaqtda hisob 1:1 ko‘rinishida yakunlanganligi bois, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotereyasida «qizil furiya» 3:2 hisobida zafar quchdi.
Endi ispanlar final yo‘llanmasi uchun Belgiya — Italiya o‘yini g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Shveysariya – Ispaniya 1:1 (penaltilar seriyasi 1:3)
Gollar:
0:1 – 8, avtogol Zakariya, 1:1 – 68 Shakiri.
Shveysariya – Zommer, Rodriges, Akandji, Elvedi, Vidmer (Mbabu, 100), Zakariya (Sher, 100), Froyler, Suber (Fassnaxt, 90), Shakiri (Sou, 81), Seferovich (Gavranovich, 82), Embolo (Vargas, 23).
Ispaniya – Unai Simon, Pau Torres (Tiago Alkantara, 113), Aspilikueta, Laport, Alba, Sarabiya (Olmo, 46), Buskets, Pedri (Rodri, 119), Koke (Lorente, 90), Ferran Torres (Oyarsabal, 90), Morata (Jerar Moreno, 54).
Ogohlantirishlar: Vidmer (67), Laport (90), Gavranovich (120).
Chetlatish: Froyler (77).



Source link

You may also like

Leave a Comment