Home Без рубрики «Yevro-2020». Daniyani mag‘lub etgan Angliya o‘z tarixida ilk bor finalga chiqdi

«Yevro-2020». Daniyani mag‘lub etgan Angliya o‘z tarixida ilk bor finalga chiqdi

by admin


“Yevro-2020” yarim final bosqichidan o‘rin olgan Angliya hamda Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Londondagi “Uembli” stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.
30-daqiqada Mikkel Damsgor jarima zarbasini ajoyib tarzda ijro etib, hisobni ochdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib hisob tenglashdi. Bukayo Sakaning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pidan so‘ng Simon Ker to‘pni kutilmaganda o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmagach, qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat etildi. Ekstra taymlarning birinchisida faollik ko‘rsatgan Rahim Sterling raqib jarima maydoni ichida yiqildi va hakam Daniya darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi begliladi. Xarri Keynning penaltidan yo‘llagan zarbasini Kasper Shmeyxel qaytardi, qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Keyn ikkinchi urinishda gol kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, “uch sherlar” o‘z tarixlarida ilk bor Yevropa chempionati finaliga chiqishdi. Inglizlar hal qiluvchi o‘yinda Italiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Mazkur bellashuv 11 iyul kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Angliya — Daniya 2:1
Gollar:
Damsgor 30′, Ker (avtogol) 39′, Keyn 104′
Angliya: 1. Jordan Pikford, 2. Kayl Uoker, 5. Jon Stounz, 6. Xarri Maguayr, 3. Lyuk Shou, 14. Kalvin Fillips, 4. Deklan Rays (8. Jordan Xenderson 95′), 25. Bukayo Saka (7. Jek Grilish 69′ (12. Kiran Tripper 105′)), 19. Meyson Maunt (20. Fil Foden 95′), 10. Raxim Sterling, 9. Xarri Keyn.
Zaxira: 13. Aaron Remsdeyl, 23. Sem Jonston, 11. Markus Reshford, 15. Tayron Mings, 16. Konor Koudi, 17. Jeydon Sancho, 24. Ris Jeyms, 26. Jud Bellingem. 
Daniya: 1. Kasper Shmeyxel, 6. Andreas Kristensen (2. Yoakim Andersen 79′), 4. Simon Ker, 3. Yannik Vestergor (19. Yonas Vind 106′), 17. Yens Larsen (18. Daniel Vass 67′), 23. Per-Emil Xeyberg, 8. Tomas Dileyni (24. Matias Yensen 88′), 5. Yoakim Mele, 9. Martin Breytueyt, 12. Kasper Dolberg (15. Kristian Nergor 67′), 14. Mikkel Damsgor (20. Yussuf Poulsen 67′). 
Zaxira: 16. Yonas Lessl, 22. Frederik Rennov, 7. Robert Skov, 11. Andreas Skov Olsen, 13. Matias Yorgensen, 21. Andreas Kornelius. 
Ogohlantirish: Xarri Maguayr 49′



Source link

You may also like

Leave a Comment