Home Без рубрики Yevro-2020. Belgiya yulduzli Portugaliyani yengdi va chorak finalda o‘ynaydigan bo‘ldi

Yevro-2020. Belgiya yulduzli Portugaliyani yengdi va chorak finalda o‘ynaydigan bo‘ldi

by admin


Yevropa chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. Unda Belgiya Portugaliyadan 1:0 hisobida ustun keldi.

Birinchi bo‘lim yakunida Torgan Azarning jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan aniq zarbasi darvoza to‘ridan joy egalladi. 
Shu tariqa, Roberto Martines boshchiligidagi «qizil iblislar» chorak final bosqichiga yo‘l oldi. Endi ular yarim final yo‘llanmasi uchun Italiyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Belgiya – Portugaliya 1:0
Gol:
1:0 – 42 Azar.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Vermalen, Mene, Azar, Tilemans, Azar (Karrasko, 87), Vitsel, de Bryuyne (Mertens, 48), Lukaku.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Diogu Dalot, Ruben Diash, Gerreyru, Palinya (Danilu Pereyra, 78), Moutinyu (Joau Feliks, 56), Bernardu Silva (Brunu Fernandesh, 56), Sanshesh (Serjiu Oliveyra, 78), Diogu Jota (Andre Silva, 70), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Palinya (45), Diogu Dalot (51), Vermalen (72), Pepe (77), Alderveyreld (81).



Source link

You may also like

Leave a Comment