Home Xakimi «Borussiya»da qolmoqchi

Xakimi «Borussiya»da qolmoqchi

by admin



Spox portalining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, huquqiy jihatdan Madridning “Real” klubiga tegishli bo’lgan, ayni paytda Dortmundning «Borussiya» klubida to’p surayotgan himoyachi Ashraf Xakimi Germaniyada qolish niyatida ekanligini yashirmadi.

21 yoshli marokashlik futbolchi faoliyatidagi keyingi taqdirini “Borussiya” klubi bilan bog’lamoqchi. U Germaniyada o’zini juda yaxshi his qilmoqda, klub rahbariyati va klub muxlislari tomonidan qo’llab-quvvatlanilmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchi Madridga qaytish niyatida emas va shu bilan birga Dani Karvaxal bilan asosiy tarkib uchun kurash olib borish niyati yo’q.

Manbaa: stadion.uz

скачать dle 12.1

Leave a Comment