Home Без рубрики «Tokio-2020». O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgardi

«Tokio-2020». O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgardi

by admin


Xabaringiz bor, bugun Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 
Olimpiada startiga bir kun qolganda O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari o‘zgartirildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) bosh kotibi Oybek Qosimov ma’lum qildi.

Qosimovning aytishicha, bayroqdorlarimiz taekvondochi Nigora Tursunqulova va bokschi Bahodir Jalolov bo‘ladi.
«XOQ tavsiyasiga ko‘ra, har bir davlatdan bir ayol va bir erkak nomdor sportchi bayroqdor bo‘ladi. O‘zbekiston bayroqdorlarini tanlashda avvalambor har bir sport turi bo‘yicha musobaqalar jadvali, qolaversa barcha delegatlar va sportchilarning fikrini inobatga olgan holda, bu vazifa bokschi Bahodir Jalolov va taekvondochi Nigora Tursunqulovaga ishonib topshirildi», — dedi MOQ bosh kotibi.

Avvalroq MOQ Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonning bayroqdorlari badiiy gimnastikachi Oksana Chusovitina va bokschi Bobousmon Boturov bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi.



Source link

You may also like

Leave a Comment