Home Без рубрики «Tokio 2020». 6 gol urilgan o‘yinda Braziliya Germaniyani taslim etdi

«Tokio 2020». 6 gol urilgan o‘yinda Braziliya Germaniyani taslim etdi

by admin


Tokiodagi Olimpiadaning futbol bahslari tobora avj pallasiga kirib kelmoqda. Hozirgina, turnir g‘olibligi uchun asosiy da’vogar bo‘lgan Braziliya va Germaniya o‘rtasidagi bahs o‘z yakuniga yetdi.

Uchrashuvda, Janubiy Amerika vakillari to‘liq ustunlik qilishdi. «Everton» a’zosi Risharilson nemislar darvozasiga 3 ta gol urib turnir to‘purariga aylanib oldi.

Braziliya U-23 – Germaniya U-23 4:2  
Gollar:
1:0 – 7 Risharlison, 2:0 – 22 Risharlison, 3:0 – 30 Risharlison, 3:1 – 57 Amiri, 3:2 – 84 Axe, 4:2 – 90 Paulino.

Braziliya U-23 – Santos, Diyego Karlos, Arana, Nino, Dani Alves, Duglas Luis, Bruno Gimaraes, Antoni (Paulino, 74), Mateus Kunya, Risharlison (Reyner, 74), Klaudino (Malkom, 65).

Germaniya U-23 – Myuller, Xenrixs, Uduoxay, Raum, Piper (Torunariga, 46), Shtax (Shlotterbek, 81), Arnold, Amiri (Toyxert, 74), Mayer, Rixter (Leven, 68), Kruze (Axe, 68).

Ogohlantirishlar: Piper (26), Arnold (35), Shtax (59), Duglas Luis (83), Xenrixs (86), Torunariga (87).
Chetlatish: Arnold (63).



Source link

You may also like

Leave a Comment