Home Без рубрики Superliga. Dragan Cheran – birinchi davraning eng zo‘ri!

Superliga. Dragan Cheran – birinchi davraning eng zo‘ri!

by admin


«Paxtakor» yarim himoyachisi Dragan Cheran «Instat» indeksi bo‘yicha Superligada birinchi davraning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  Futbolchilarning umumiy harakatlaridan kelib chiqqan ballar bo‘yicha Dragan eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etdi.

Jami ko‘rsatkichlar bo‘yicha kuchli beshlik quyidagicha ko‘rinish oldi:
Dragan Cheran — 262
Avaz O‘lmasaliyev — 253
Sardor Sobirxo‘jayev — 252
Anzur Ismoilov — 244
Farruh Sayfiyev — 243

Cheran, Sobirxo‘jayev va Temurxo‘ja Abduxoliqov 10tadan golli imkoniyat yaratgan holda bu borada peshqadamga aylanishdi. Shuningdek, Cheran darvozaga eng ko‘p yo‘llangan aniq zarba mavjud — 13ta. Temurxo‘ja Abduxoliqov 10 bor, Sanjar Tursunov esa 9 marta aniq zarba yo‘llagan.
To‘pni sheriklariga eng ko‘p yetkazib berishda Sobirxo‘jayev 554 uzatma bilan yetakchi bo‘lgan (90 foiz aniqlik). Anzur Ismoilov 511 (93%) va Stanislav Andreyev 460 (76%) esa keyingi pog‘onada joylashgan.

Muhim uzatmalar borasida Sobirxo‘jayev, Sayfiyev va Sherzod Nasrullayev 7tadan shunday harakat bilan eng yaxshi futbolchilarga aylangan.
Krosslar bo‘yicha Aleksandr Merzlyakov (13), Sherzod Nasrullayev (10) va Akram Komilov (10) kuchli uchlikda joylashgan. Raqibni eng ko‘p aldab o‘tish borasida Doniyor Abdumannopov (28), Jasur Jaloliddinov (23) va Dragan Cheran (22) peshqadamlar safida turibdi.



Source link

You may also like

Leave a Comment