Home Без рубрики Shomurodov transferini muhokama qila boshlashdi!

Shomurodov transferini muhokama qila boshlashdi!

by admin


Yaqinda Eldor Shomurodov o‘ziga boshqa klublardan chorlov bo‘layotgani to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, “Yuventus” tomonidan qiziqish bo‘layotganidan mamnunligini va bu kelajakda uning faoliyatidagi muhim qadam bo‘lishini aytgan edi.
Italiya matbuotida e’lon qilingan ushbu maqoladan so‘ng, “Yuventus” va “Jenoa”ga tarafdorlik qiladigan muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda Eldor Shomurodov haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildira boshladi.

Roberto Monanni:
“El Uzbeko”ning “Yuventus”dagi o‘yinini ko‘rishni istayman. Meni Shomurodovning  UYEFA Chempionlar ligasida qanday o‘ynashi juda qiziqtirib qo‘ydi. Menimcha, “Yuventus”ga o‘tish Eldor uchun oldinga tashlangan katta qadam bo‘ladi.

Alberto Carpe:
Menimcha, Eldorning “Jenoa” bilan shartnomasi bo‘la turib, boshqa jamoalar haqida gapirishi to‘g‘ri emas. Avvalo, Genuya klubida o‘ziga bildirilgan ishonchni va transfer summasini to‘liq oqlasin, keyin “Yuventus” haqida orzu qilsa bo‘ladi.

Matteo Di Febo: (Alberto Carpe fikriga javoban)
Agar Shomurodov “Yuventus”ga o‘tsa, bu katta mablag‘ evaziga amalga oshiriladi. Shunday ekan, u o‘ziga sarflangan pulni ortig‘i bilan qaytargan bo‘ladi. Klub transferga qilgan xarajatidan tashqari yaxshiga foyda ham oladi!

Giulio Solari: (Alberto Carpe fikriga javoban)
O‘zbek futbolchisining gapida hech qanday muammo ko‘rganim yo‘q. “Yuventus” Yevropaning yetakchi jamoalaridan ekanini tushunish kerak. Agar Shomurodov Turin klubiga o‘tishni istamayman, deganida bizga yolg‘on gapirgan bo‘lardi. Eldorning “Yuventus”ning unga qiziqayotgani yoqishini tan olgani turinlik muxlislarga ham yoqimli holat aslida.

Vittorio Dondo:
Alvaro Morataning Yevropa chempionatidagi o‘yinidan keyin, “Yuventus” muntazam gol ura oladigan hujumchi olish kerak, degan qarorga kelgandir. O‘tgan mavsum oxirida Eldor xuddi turinliklar kutganidek to‘purarlik mahoratini namoyish qila oldi.

Francesco Repetto:
Shomurodovni yana bir mavsumdan keyin transfer qilish kerak, deb o‘ylayman. Hozir uning transfer narxi yetarli darajada baland emas va “Jenoa” bu transferdan ko‘p foyda qila olmaydi. Agar Eldor yangi mavsumni ham avvalgi chempionat yakunidagi kabi yuqori darajada o‘tkazsa, uning transferi keskin oshib ketadi.

Giacomo Sobrero:
O‘tgan mavsumda Andre Pirlo Shomurodovni transfer qilganida buni uning tajribasizligiga yo‘ygan bo‘lardim. Ko‘pni ko‘rgan Maksimiliano Allegri uni olishiga ishonmayman.

Monica Mariotti:
Eldorning o‘yinlarini Rossiya premer-ligasida ishtirok etganidan beri kuzatib kelaman. U yerda yorqin o‘ynagan davrlarni ko‘rganman. Xuddi shuni o‘tgan chempionat oxirida ham namoyish qildi. “Yuventus” bu transferni puxta o‘ylab ko‘rishi kerak.

Hurmatli muxlislar, siz nima deb o‘ylaysiz, Shomurodov “Jenoa”da qolgani ma’qulmi? “Yuventus”ga o‘tsa, Turin superklubida o‘ynab ketish imkoniyati qanday?



Source link

You may also like

Leave a Comment