Home Без рубрики Shomurodov “Shtutgart”ga o‘tmagani sababi ma’lum bo‘ldi

Shomurodov “Shtutgart”ga o‘tmagani sababi ma’lum bo‘ldi

by admin


Yurtimizdagi qisqa faoliyatdan so‘ng, Rossiya premer-ligasiga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodovning kuchli beshlik chempionati vakillari e’tiborini qozonishi ham uzoqqa cho‘zilgani yo‘q.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, “Mash’al” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Eldor 2014 yilda bu jamoa tarkibida o‘nta o‘yin o‘tkazganidan keyin “Bunyodkor”ga qo‘shilgandi. 2015-2017 yilgi mavsumlarda “qaldirg‘ochlar” safida milliy chempionatda 66 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 18 marta ishg‘ol qilgan hujumchi katta maqsadlar bilan Rossiyaga yo‘l oldi.

“Rostov” bilan shartnoma imzolagan hamyurtimiz avvaldan kuchli beshlik chempionatlariga ko‘chib o‘tishni va yangi klubi borada tramplin vazifasini o‘tashini rejalashtirgani ham bugungi kunda oshkor bo‘lib ulgurgan haqiqatdir.

Xullas, “Rostov”da 2019-2020 yilgi mavsumda to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan futbolchimizga turli mamlakatlardan qiziqish bo‘ldi. Avvaldan, Rossiyaning boshqa klublari va Osiyoning qudratli jamoalari takliflarini rad etib kelgan hamyurtimiz Fransiya, Turkiya, Italiya, Germaniyadan bo‘layotgan chorlovlarga javob berishga ham shoshilmadi.

Shomurodovning bozori qaynay boshlagan palla – 2019 yilning oxirida konoravirus pandemiyasi dunyoning barcha hududlarini qamrab olgani hamyurtimizning transferiga to‘sqinlik qilganini ham ta’kidlash lozim. Keyinchalik ham Eldorga qiziqishlar tingani yo‘q.

Yaqinda legionerimizning agentlaridan biri German Tkachenko “Shtutgart” tomonidan o‘zbek hujumchisiga jiddiy qiziqish bo‘lgani, lekin bu transfer nega amalga oshmaganini izohlab berdi.
— Shomurodovga Yevropaning ko‘p klublaridan takliflar bo‘ldi. Ular orasida “Shtutgart”ning qiziqish juda kuchli edi. Ular o‘zbek futbolchisining o‘zlariga ma’qul kelgan xususiyatlarini qadrlashlarini, undan qaysi usulda foylanmoqchi bo‘lishayotganini aytishdi. Eldorning e’tiborini tortish uchun unga qanday yordam berishlarini ta’kidlab, Shtutgart shahridagi masjidlar haqida ma’lumot berishdi, xatto klubning quyi tizimidan Shomurodovga yordam berib yurishi uchun rus tilini biladigan futbolchi topishga va’da berishdi. “Shtutgart”da rus tili tarjimoni yo‘q edi.

“Jenoa”da esa unday emas. Dastlabki, uch kun Eldorga Grisha degan yigit yordam berdi. Keyinroq moldovalik yosh futbolchi Daniel Dumbrevanu uning ko‘makchisiga aylandi. Bu yigitning xizmatlari uchun pul ajratsa ham arziydi, — dedi German Tkachenko.

Eldor Shomurodovning o‘zi ham moldovalik himoyachining yordami katta bo‘lganini tan olgandi.
— Men birinchilardan bo‘lib Dominiko Krishito bilan do‘stlashdim. U ruschani yaxshi biladi. Boshida menga biz bilan shug‘ullanadigan Daniel Dumbrevanu ko‘p yordam berdi. Men italyanchani yaxshiroq tushunishim uchun u tarjima qilib turardi, — dedi Eldor Shomurodov.

Ta’kidlash joizki, ayni paytda legionerimiz italyanchani ancha yaxshi o‘zlashtirib olgan. Unga tarjimonlik qilgan Daniel Dumbrevanu esa “Jenoa”ning asosiy tarkibiga jalb etilib, o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga taklif oldi.



Source link

You may also like

Leave a Comment