Home Без рубрики Shomurodov Rossiyada qolib ketgan «Bunyodkor» yoshlar jamoasini 1,5 oy davomida moddiy ta’minlab turgan

Shomurodov Rossiyada qolib ketgan «Bunyodkor» yoshlar jamoasini 1,5 oy davomida moddiy ta’minlab turgan

by admin


Foto: O‘FA
O‘zbekiston terma jamoasi va «Jenoa» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 2020 yil pandemiya davrida xayrli ishga qo‘l urgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston terma jamoasi va «Bunyodkor» fan-klubi yetakchisi Abdurahmon Fozilov «Krasava» kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Bunyodkor» bolalar jamoasi Rossiyaning Krasnodar shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan vaqtda koronavirus sabab karantin choralari kuchaytirilgan va jamoa o‘sha yerda qolib ketgan. 30 kishidan iborat jamoaning zaxirasi mehmonxonada o‘n kun istiqomat qilishga yetgan, keyinchalik ularda resurs qolmagan.

Bundan xabar topgan Shomurodov Rostovdan Krasnodarga borgan, mehmonxona va boshqa xarajatlarni qoplab bergan. Shundan keyin u delegatsiyani Rostovga olib ketgan va 1—1,5 oy davomida ularni ta’minlab turgan. Vaziyat biroz yumshagach, O‘zbekiston FVV maxsus reys orqali «Bunyodkor» yoshlarini ortga qaytargan.

«Shomurodov 30 kishidan iborat jamoani 1,5 oy davomida boqdi. Bu haqda u na YouTube, na Instagram va na boshqa joyda gapirdi. Uning ishlari ulkan hurmatga loyiq. Shundan keyin u yigitlarni Rostovdan Moskvagacha kuzatib qo‘ydi va samolyotga chiqqungacha bo‘lgan xarajatlarni barchasini qoplab berdi», — deydi Abdurahmon Fozilov.



Source link

You may also like

Leave a Comment