Home Без рубрики Ro‘ziqul Berdiyev: «Umidjon Ergashevning holati yaxshi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Umidjon Ergashevning holati yaxshi»

by admin


Coca-Cola Superliganing 11-turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» — «Nasaf» uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yin haqida
— Juda kuchli raqib maydonida g‘alaba qozondik. Tezkor golimiz g‘alabaga asosiy omil bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar katta kuch bilan oldinga o‘tishdi, shu sabab biz himoyalanishga majbur bo‘ldik.

— Umidjon Ergashevning holati haqida ma’lumot bersangiz…
— Darvozabon Umidjon Ergashevning holati yaxshi ekan, hozirgina aytishdi. Vaziyat shunday bo‘ldi, tasodifan yuz bergan jarohat. G‘alabalar osonlikcha qo‘lga kiritilmaydi.

— Jamoangiz ikkinchi bo‘limda vaqt cho‘zgandek ko‘rindi…
— Vaqt cho‘zish ko‘rsatma emasdi. Yutqazayotgan jamoaga og‘ir botadi. Atay o‘yin cho‘zganimiz yo‘q, biz bunday ko‘rsatma bermaymiz.



Source link

You may also like

Leave a Comment