Home Без рубрики Rasman: Samvel Babayan «Navbahor»da ish boshladi

Rasman: Samvel Babayan «Navbahor»da ish boshladi

by admin


Mamlakatimizning taniqli mutaxassislaridan biri bo‘lgan Samvel Babayan bugun, 10 iyul kunidan «Navbahor»da ish boshladi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Samvel Babayan Namangan klubi murabbiylar shtabida maslahatchi-murabbiy sifatida ish boshlagan. U jamoa bosh murabbiyi Viktor Jalilovga yordam beradi.

Babayan 1995 yil Viktor Jalilov bilan birgalikda «Navbahor» murabbiylar shtabida faoliyat olib borib, 2001 yilda «Paxtakor»ga ko‘chib o‘tgan. Ushbu davr mobaynida «Navbahor» bir marta mamlakat chempionligini (1996 yili), 4 marta bronza medallari (1995, 1997, 1998-1999 yillar),  2 marta O‘zbekiston kubogi (1995, 1998 yillar), bir marta O‘zbekiston Superkubogini (1999 yil) qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Samvel Vyacheslavovich 2015-2017 yillar davomida O‘zbekiston milliy jamoasida faoliyat yuritib, JCH-2018ga chiqish vazifasi bajarilmagach, iste’foga chiqarilgandi. 2020 yili Xitoyning «Chanchun Yatay» jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlagan mutaxassis so‘nggi yarim yildan buyon ishsiz edi.

Ma’lumot uchun, «Navbahor» Superliga 12-turidan keyin 14 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Manba: Kun.uz



Source link

You may also like

Leave a Comment