Home Без рубрики O‘zbekiston MTJ Osiyoda 15-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston MTJ Osiyoda 15-o‘rinni egalladi

by admin


Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi yakunlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham navbatdagi mundial armonga aylandi.

Vakillarimiz oxirgi turda Saudiya Arabistonidan 3:0 hisobida yengilib, keyingi bosqichga chiqa olmadi. Ilk bor shu bosqichning o‘zida yurishni to‘xtatdik.

Alam qiladigani eng yaxshi ikkinchi o‘rindagi besh jamoa qatoriga ham kira olmadik. Suriya, Avstraliya, Eron, Saudiya Arabistoni, Qatar, Yaponiya, BAA, Janubiy Koreya o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egalladi.

Xitoy, Ummon, Iroq, Vetnam, Livan esa eng yaxshi ikkinchi o‘rindagi besh jamoa sifatida saralashdagi yurishni davom ettiradigan bo‘ldi. Tojikiston, O‘zbekiston va Quvayt ikkinchi o‘rinni egallashiga qaramay, musobaqa bilan xayrlashdi.

Shu tariqa, Vadim Abramov shogirdlari jahon chempionati saralashi Osiyo qit’asida 15-o‘rinni egalladi.



Source link

You may also like

Leave a Comment