Home Без рубрики O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yevropa chempioni bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yevropa chempioni bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

by admin


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov hamda Gretsiya Diplomatiya va xalqaro munosabatlar instituti direktori Andreas Andrianopoulos o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Ravshan Ermatov Gretsiya bilan hamkorlikda ikki mamlakat terma jamoalari hamda klublar o‘rtasida xalqaro uchrashuvlarni tashkil etish, futbol mutaxassislarini qayta tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish yo‘lida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yaxshi samara berishini ta’kidlab o‘tdi.

Andreas Andrianopoulos esa O‘zbekiston va Gretsiya milliy hamda turli yosh toifalardagi terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkil etish imkoniyati mavjud ekanligini ta’kidladi. Bu o‘z navbatida muxlislarda qiziqish uyg‘otadi va ikka mamlakat futbol tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, “Olimpiakos”, “PAOK” kabi Yevropaning nomdor klublarida murabbiylarimiz malaka oshirishi taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Uchrashuv so‘ngida Ravshan Ermatov mehmonga O‘FA takliflar yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.



Source link

You may also like

Leave a Comment