Home Без рубрики O‘FA angliyalik mutaxassislar bilan futbol mahorat maktablari faoliyatiga oid uchrashuv o‘tkazdi

O‘FA angliyalik mutaxassislar bilan futbol mahorat maktablari faoliyatiga oid uchrashuv o‘tkazdi

by admin


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekistondagi birinchi ingliz futbol akademiyasi hisoblangan “Brooke House College Football Academy” mutaxassislari bilan uchrashdi.

«Ingliz futbol akademiyasi vakillari xalqaro talab va standartlar asosida yurtimizda yosh futbolchilarni tayyorlashda Angliya tizimini amalga tadbiq etish, o‘quv-mashq jarayonlarini samarali tashkillashtirish va musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha faoliyat olib borilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Angliyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi futbol mahorat maktablarini yangi bosqichga ko‘tarish, yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Shuningdek, 2021-2022 o‘quv yili avvalida O‘zbekistondagi barcha umumta’lim, sport va futbol mahorat maktablarida futbolga qiziquvchi yosh o‘quvchilar o‘rtasida seleksiya ishlarini amalga oshirish, turli xil futbol festivallarini birgalikda tashkillashtirish kabi masalalar muhokama etildi.

Ravshan Ermatov angliyalik mutaxassislarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bildirilgan takliflar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini bildirdi», – deya xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.



Source link

You may also like

Leave a Comment