Home Без рубрики «Navbahor» ko‘rigidagi braziliyalik hujumchi: O‘zbekiston futbolini yaxshi bilaman

«Navbahor» ko‘rigidagi braziliyalik hujumchi: O‘zbekiston futbolini yaxshi bilaman

by admin


Xabaringiz bor, ayni paytda «Navbahor»da bir qator xorijlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda. Ulardan biri braziliyalik hujumchi Kosta Tenorio Gutiner. Gutiner bilan «lochinlar» matbuot xizmati qisqacha suhbat uyushtirdi.

— Yurtimiz futboli haqida ma’lumotga egamisiz?
— So‘nggi 5 yildan buyon Ukraina klublarida o‘ynayapman. Shu bois, O‘zbekiston futbolini yaxshi bilaman. “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari haqida eshitganman. “Navbahor”ning ajoyib muxlislarga ega ekanligi, jamoa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritganidan xabarim bor.

Klub tomonidan menga 2019 yili, ya’ni, Kiyevning “Obolon” klubida to‘p tepayotganimda ham taklif bo‘lgandi. Ammo o‘shanda ayrim sabablarga ko‘ra, Namanganga kela olmagandim. Mana endi, “Navbahor” mashg‘ulotiga qo‘shildim.

Jamoada meni juda iliq kutib olishdi. Barcha yigitlar bilan yaxshi chiqishib ketdim. “Navbahor”ning mashg‘ulotlariga ham ko‘plab muxlislar tashrif buyurar ekan. Umuman olganda, Namanganga kelganimga endigina 6 kun bo‘lgan bo‘lsa-da, xuddi bir oydan buyon shu yerda yurgandekman, go‘yo.

— Qaysi futbolchining o‘yiniga havas qilasiz?
­- Albatta, hamyurtim bo‘lganligi bois, Fransiyaning “PSJ” klubi hamda Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning o‘yinlariga havas qilaman.

— Yevro-2020 va Kopa Amerika – 2021 musobaqalarining final o‘yinlarini tomosha qildingizmi?
— Albatta, tomosha qildim. Bunday bahslarni qoldirib bo‘larkanmi?
Yevro-2020 finalida Italiya terma jamoasining zafar quchishini kutgandim. Bu taxminim o‘zini oqladi va italyanlar chempion bo‘ldi. Kopa Amerika – 2021 finalida esa terma jamoamizning mag‘lubiyatga uchrashini esa to‘g‘risi, kutmagandim. Boisi, uchrashuv Braziliyada o‘tkazilgandi. Ammo, nimayam derdim, bu futbol. To‘g‘ri, Argentina termasi kuchli jamoa hamda uning tarkibida jahonning eng kuchli futbolchisi Lionel Messi o‘ynaydi. Biroq argentinaliklar hamyurtlarimiz tomonidan yo‘l qo‘yilgan bitta xatodan samarali tarzda foydalanish evaziga g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.

— Muxlislarga tilaklaringiz…
— “Navbahor” yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoa. Klub bilan shartnoma imzolaydigan bo‘lsam, o‘zimning nimalarga qodirligimni maydonda o‘z o‘yinim va gollarim bilan isbotlashga harakat qilaman.



Source link

You may also like

Leave a Comment