Home Без рубрики Murodjon Ahmadaliyev va Ronni Rios jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Murodjon Ahmadaliyev va Ronni Rios jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

by admin


Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,2 kg) WBA Super va IBF jahon chempionlik kamarlari egasi hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7KO) o‘zining navbatdagi jangini WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar Ronni Riosga (33-3, 16KO) qarshi o‘tkazishi haqida ma’lumot bergan edik.

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha mazkur bahs 28 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Kechaning markaziy to‘qnashuvida Xuan Fransisko Estrada Roman Gonsalesga qarshi trilogiya jangini o‘tkazadi.

Boks oqshomi qayerda bo‘lishi hozircha noma’lum. Tahminiy manzil sifatida Kaliforniyadagi «Dignity Health Park» va Los-Anjelesdagi «Staples Center» arenalari aytib o‘tilgan.



Source link

You may also like

Leave a Comment