Home Без рубрики Murodjon Ahmadaliyev va Ronni Rios jangi qachon bo‘lishi aytib o‘tildi

Murodjon Ahmadaliyev va Ronni Rios jangi qachon bo‘lishi aytib o‘tildi

by admin


Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7KO) o‘zining navbatdagi jangida WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar amerikalik Ronni Riosga (33-3, 16KO) qarshi ringga ko‘tariladi.

Matchroom kompaniyasi rahbari Eddi Xirn IFL TVga ma’lum qilishicha, Ahmadaliyev va Rios o‘rtasidagi jang 28 avgust kuni Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, mazkur kardda birinchi o‘ta yengil vazn toifasida (-48,9 kg) WBO chempioni Elvin Soto (19-1, 13KO) WBA kamari egadi Hiroto Kyuguchiga (15-0, 10KO) qarshi birlashtirivchi jangda ishtirok etadi.



Source link

You may also like

Leave a Comment