Home Без рубрики MOQ xorijiy nashrlarda chop etilgan yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilingani haqidagi xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

MOQ xorijiy nashrlarda chop etilgan yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilingani haqidagi xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

by admin


Ayrim xorijiy nashrlarda chop etilgan O‘zbekiston Olimpiya jamoasi vakilining yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani haqidagi xabar yuzasidan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy bayonot berdi.

«Ayrim xorijiy nashrlar tomonidan Tokioda bo‘lib turgan O‘zbekiston Olimpiya jamoasi vakilining yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani haqida maqola chop etildi. Bu esa bir qator o‘zbek OAV va blogerlari orasida muhokamaga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston MOQ mazkur xabarga rasmiy munosabatini bildiradi.

Bo‘lib o‘tgan voqelikka O‘zbekiston Olimpiya jamoasining hech qanday aloqasi yo‘q. “Japantimes.co.jp” nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea Tokio shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi D.R. bilan sodir bo‘lgan. «Kyodo news» esa D.R. va u qizning birgalikda Tokiodagi “Olimpiya” stadionida volontyor bo‘lib ishlagani haqida yozmoqda.

Hozir MOQ Tezkor shtabining 5 nafar vakili Tokiodagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib turibdi. Ularning vazifasi asosiy delegatsiya kelguniga qadar tashkiliy masalalarni hal etib turishdir. Tashkiliy qo‘mitaning talablariga ko‘ra, Olimpiya shaharchasidagi shaxslarning hududdan chiqib ketishi mumkin emas va u joy kuchli nazorat ostida.

Shunday ekan, yuqoridagi voqelikka O‘zbekiston Olimpiya delegatsiyasining hech qanday aloqasi yo‘q. Shu o‘rinda yurtimizning barcha OAV, bloger va jurnalistlaridan bu kabi asossiz maqolalarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz.

Bugun kechga Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston delegatsiyasining asosiy qismi charter reys orqali Yaponiyaga jo‘nab ketadi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi yurtimizdagi barcha Ommaviy axborot vositalarini sportchilarimiz va ularning Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini xalqimizga chiroyli tarzda yetkazib berishga, musobaqani keng qamrovda yoritishga chorlab qoladi. O‘z navbatida, MOQ matbuot xizmati bu borada barcha ma’lumotlarni taqdim etib boradi», — deyiladi rasmiy bayonotda.



Source link

You may also like

Leave a Comment