Home Без рубрики Milliy gvardiya qo‘mondoni ot sporti musobaqalarini tashkil etishga mas’ul bo‘ladi

Milliy gvardiya qo‘mondoni ot sporti musobaqalarini tashkil etishga mas’ul bo‘ladi

by admin


Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtimizda ot sport, shuningdek uloq-ko‘pkari, chavgon va poyga kabi o‘yinlarni tashkil etish tashabbusini ko‘tardi. Davlat rahbari yoshlar va talabalar forumida bunga alohida to‘xtalib o‘tdi.

– Qorabayir zotli otlar yoshlarimiz uchun g‘urur timsoliga aylanishi lozim. Shu maqsadda, har bir viloyat va tumanlarda “Chavandozlar maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Yaqinda Germaniyada ot sporti bo‘yicha bo‘lib o‘tgan nufuzli musobaqada samarqandlik maktab o‘quvchisi Abdurahmon Abdullayev ikkita yo‘nalishda oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ldi. Xalqaro miqyosdagi yutuqlari uchun, bu o‘g‘limiz “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Bunday mohir chavandozlarni ko‘paytirish uchun, tuman, viloyat va respublika miqyosida ot sporti musobaqalari, shuningdek uloq-ko‘pkari, chavgon, poyga kabi milliy o‘yinlar tashkil etiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, viloyat va tumanlar hokimlari hamda Milliy gvardiya qo‘mondoni bu ishlarni tashkil etishga shaxsan mas’ul bo‘ladilar.



Source link

You may also like

Leave a Comment