Home Без рубрики «Mash’al»ning ikki nafar yetakchisi «Turon»ga qo‘shildi

«Mash’al»ning ikki nafar yetakchisi «Turon»ga qo‘shildi

by admin


“Turon” klubi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti. Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, jamoaga kecha ikki nafar o‘yinchi qo‘shildi. Bular “Mash’al” klubining yetakchilari – yarim himoyachi Sardor Abduraimov bilan hujumchi Xumoyun Murtazoyev.

Ushbu futbolchilarning “Mash’al” bilan amalda shartnomalari bor. Ammo Muborak klubi bu o‘yinchilarini “Turon”ga transfer qilmoqchi. Agar tomonlar moliyaviy masalalarni kelisha olsa, Abduraimov bilan Murtazoyev ikkinchi davrani “Turon” safida o‘tkazishadi.

Ma’lumot uchun, Abduraimov “Mash’al” tarkibida 9 ta o‘yinda 1 ta gol urgan bo‘lsa, Murtazoyev 10 ta uchrashuvda 2 ta gol muallifiga aylandi.

Darvoqe, bugun “Turon” jamoasi Toshkentda “Navbahor”ga qarshi nazorat bahsini o‘tkazishi rejalashtirilgan.



Source link

You may also like

Leave a Comment