Home Без рубрики «Kuper matbuot anjumanlarida o‘yinni himoyaga tayangan holda tashkil etamiz, degandi. Ammo…» — Mutaxassis

«Kuper matbuot anjumanlarida o‘yinni himoyaga tayangan holda tashkil etamiz, degandi. Ammo…» — Mutaxassis

by admin


O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati 2-saralash bosqichida qolib ketishi hazm qilib bo‘lmaydigan holat. Saudiya Arabistonidagi bellashuvlardan so‘ng terma jamoa va uning atrofida turli fikrlar yangramoqda. Keyingi bosqichga chiqa olmaganimizni kimdir Vadim Abramovga ayrimlar Ektor Kuperga bog‘lamoqda.

Yaqindagina «Turon» klubi ustoziga aylangan Igor Shkvirin Sports.uz saytiga bergan intervyusida muvaffaqiyatsizlik sababi va terma jamoamiz Saudiyaga yutqazib qo‘ygani borasidagi fikrlarini taqdim etamiz.

— Nima uchun aynan Saudiya Arabistoni?! Bunga qadar ham terma jamoamizda muvaffaqiyatsiz uchrashuvlar bo‘ldi. Men JCH-2022 uchun o‘tkazilgan o‘yinlardagi bunday ishtirokni saralashlardagi eng omadsizi, deb hisoblayman. Chunki bunga qadar terma jamoani qaysi murabbiy boshqarmasin, albatta, saralashning yakuniy bosqichiga chiqqanmiz. O‘shanda ham Abramov, Babayan kabi murabbiylar bilan ham shu ishni uddalaganmiz. Men bunday muvaffaqiyatsiz ishtirokning asosiy sababi sifatida terma jamoada bosh murabbiy almashganini ko‘rsatishim mumkin. Falastindan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin shunday o‘zgarish bo‘ldi. Bu o‘zgarish yakunda o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.

Oldingi murabbiy Kuper matbuot anjumanlaridan birida o‘yinni himoyaga tayangan holda tashkil etamiz degandi. Ammo men uning boshqaruvidagi terma jamoada mana shunday o‘yinni ko‘rganim yo‘q. Hatto o‘rtoqlik uchrashuvlaridan birida terma jamoamiz yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Odatda murabbiylarning ko‘pchiligi hujumkor futbol o‘ynashga harakat qilamiz, deyishadi. Biroq Kuper… Bizga bu safar nimadir yetishmay qoldi. Zarur paytda kiritilgan gollar, boya berilgan ochkolar yetishmaganligi evaziga shu ahvolga tushib o‘tiribmiz, — dedi Igor Shkvirin.



Source link

You may also like

Leave a Comment