Home Без рубрики Konkabayev Bahodir Jalolovning so‘nggi yillarda qay darajada o‘zgargani haqida gapirdi

Konkabayev Bahodir Jalolovning so‘nggi yillarda qay darajada o‘zgargani haqida gapirdi

by admin


Qozog‘istonlik bokschi Kamshibek Konkabayev o‘z intervyularidan birida Bahodir Jalolovning yaxshigina kuchaygani haqida gapirdi.

— Bahodir Jalolov 2015 — 2021 yillarda qay darajada o‘zgardi? Oradan olti yil o‘tdi. U faoliyatingizdagi eng asosiy raqiblardan biri.
— O‘ylaymanki, u Amerikaga borganidan so‘ng kuchaya boshladi. U nisbatan oldin u yerda shug‘ullana boshladi. U yerda boksga umuman boshqacha ko‘z bilan qarashadi. Jismoniy tomonlama ham ishladi. Raqiblar ham yaxshi edi. Ortis u bilan sparring o‘tkazdi. Bu narsa bokschiga tajriba, ishonch beradi. Shu sababli ham u kuchaydi. Biz esa biroz kech qolmoqdamiz. O‘ylaymanki, biz allaqachon professional va havaskor boksni birlashtirib yuborishimiz kerak edi», — dedi Konkabayev Sports True kanaliga bergan intervyusida.



Source link

You may also like

Leave a Comment