Home Без рубрики Hasanboy Do‘smatovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Hasanboy Do‘smatovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

by admin


Havaskor boksda eng nomdor bokschilarimizdan biri, Rio Olimpiadasi chempioni professional boksning birinchi o‘ta yengil vazn toifasida (-48,9 kg) WBA International kamari egasi Hasanboy Do‘smatov (3-0, 3KO) o‘zining navbatdagi jangini 28 avgust kuni Rossiyaning Moskva shahrida o‘tkazadi.

«Shamo Boxing» kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan mazkur kecha Moskvadagi «Krilya Sovetov» arenasida bo‘lib o‘tadi. Xasanboy Do‘smatov shu kuni 8 raund etib belgilangan bahsda ringga ko‘tariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Do‘smatov 3 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Muhsin Kizotani mag‘lub etgan holda WVA International kamarini qo‘lga kiritgan. Hozirda u o‘z vaznida WBA reytingida 4-o‘rinda bormoqda.



Source link

You may also like

Leave a Comment