Home Без рубрики Frank de Bur: «Bunday uchrashuvlarning natijasi bir-ikki detalga bog‘liq bo‘lib qoladi»

Frank de Bur: «Bunday uchrashuvlarning natijasi bir-ikki detalga bog‘liq bo‘lib qoladi»

by admin


Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Frank de Bur Yevro-2020 1/8 finalida Chexiya bilan o‘yin yakunlangach (0:2), o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Chexiya qiyin raqib, ammo o‘yindan oldin biz kuchliroq edik deb o‘ylayman. Biz ustunlik qilayotgandik. Birinchi bo‘limda Denzel Dumfris, Patrik van Anxoltlarda imkoniyat bo‘ldi. Ammo bu holatlarning barchasini yakunlay olishmadi.

Bunday uchrashuvlarning natijasi bir-ikki detalga bog‘liq bo‘lib qoladi. De Ligt chetlatildi va biz o‘n kishi bo‘lib qoldik. Va bunday raqibga qarshi o‘yinda yuz berishi mumkin bo‘lgan eng yomon narsa o‘tkazib yuborilgan gol bo‘ldi. Shundan so‘ng, raqib shunchaki o‘zi xohlagan tarzda o‘ynashni boshladi. Men 3-3-3 sxemasiga o‘tmoqchi bo‘lganimda, chexlar ikkinchi golni urishdi», — dedi de Bur.



Source link

You may also like

Leave a Comment