Home Без рубрики Farrux Sayfiyev: «Eren Derdiyok jamoamizni tark etdi»

Farrux Sayfiyev: «Eren Derdiyok jamoamizni tark etdi»

by admin


Toshkentning «Paxtakor» jamoasi Superliganing 6-tur qoldirilgan o‘yinida o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qildi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng «Paxtakor»ning tajribali futbolchisi Farrux Sayfiyevning fikrlari bilan qiziqdik.

— «Andijon» bilan uchrashuvdan oldin ko‘pchilik «Paxtakor»ning oson yutishini taxmin qilgandi…
— O‘yinni yaxshi boshladik. Tezkor gol urib olganimizdan so‘ng biroz bo‘shashish kuzatildi. Bu — futbol. Bunday holatlar bo‘lib turadi. Asosiysi g‘alabani qo‘lga kiritdik. Shunga qaramasdan to‘xtab qolishimiz kerak emas. Turnir jadvalida «So‘g‘diyona» bilan ochkolarimiz orasida farq kichik. Qolgan o‘yinlarda bo‘shashishga haqqimiz yo‘q.

— Nima uchundir pastki o‘rinlardagi jamoalar qolganlarga nisbatan juda qattiq karshilik ko‘rsata olmoqda. «Andijon» ham so‘nggi daqiqagacha kurashdi…
— Nafaqat «Andijon», balki barcha jamoalar bizga qarshi bor kuchi bilan o‘ynamoqda.

—  Oldinlari Jaloliddin Masharipov bilan juda yaxshi kelishib o‘ynar edingiz. Biroq hozirda oldingi chiziq vakillari bilan biroz tushunmovchilik kuzatilayotgandek…
— Jalol bilan 3 yil birga to‘p tepdik. To‘pni qabul qilib olganimizda qayerga ochilishni, qaysi joyga to‘pni oshirishni muammosiz bilar edik. Hozirda esa uning yo‘qligi sezilmoqda.

— Shu narsa terma jamoamizda ham yetishmadi. Vadim Abramovning sizni olib ketmagani hali ham e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda…
— Turkmaniston bilan o‘yindan so‘ng Vadim Karlenovich qolishimni aytgandi. Kimni olib ketish yoki qoldirishni bosh murabbiy hal qiladi. Shunga qarab u natijaga javob beradi.

— Shota Arveladzening O‘zbekiston terma jamoasiga murabbiy bo‘lishiga qanday qaraysiz? 
— Shota Yustinovich har tomonlama yaxshi inson va murabbiy. Hurmatga loyiq inson, deb bilaman. Futbolimizga shunday murabbiylar kerak.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi



Source link

You may also like

Leave a Comment