Home Без рубрики Dragan Skochich: «Natijaga qanday erishdik deysizmi? Chunki biz kuniga 20 soat ishladik»

Dragan Skochich: «Natijaga qanday erishdik deysizmi? Chunki biz kuniga 20 soat ishladik»

by admin


Eron terma jamoasi JCH saralash bahslarida qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi va oxirgi 4 o‘yinni g‘alaba bilan yakunlab keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Eron milliy jamoasi markazlashgan tartibdagi o‘yinlar start olguniga qadar 6 ochko bilan 3-o‘rinda borayotgandi. Birinchi o‘rinni Iroq 11 ochko, ikkinchi o‘rinni Bahrayn 9 ochko bilan egallab turgandi. Bir qarashda forslar uchun vaziyat juda og‘ir edi, biroq ular bajarib bo‘lmas missiyani uddalay olishdi

Bahraynda tashkil etilgan jahon chempionati saralash bahslarida Eron Gonkong, Bahrayn, Kambodja va Iroqni mag‘lub etib 18 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rin bilan hal qiluvchi raundga yo‘l oldi. Terma jamoa Tehronga qaytib kelgach, bosh murabbiy Dragan Skochich ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Xorvatiyalik murabbiy muvaffaqiyat sabablarini keltirib o‘tdi.

— «Men o‘zimga va jamoamga to‘liq ishonaman. E’tiborni faqat o‘yinga va ishga qarataman. To‘g‘ri, bizni ko‘p tanqid qilishdi, lekin biz ishlashda davom etdik. Vaziyat juda og‘ir edi. Ammo oldimizda 4ta o‘yin bo‘lib, agar hammasini yutsak keyingi bosqichga chiqishimizni bilardik. Chunki asosiy raqiblarimizning 3tadan o‘yini qolgandi».

— «Har to‘rt kunda maydonga tushish oson emas, bunda murabbiy birinchi navbatda futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilib boradi. OFK biz joy olgan guruh o‘yinlarini Bahraynga berganida bu menga yoqmadi. Lekin u yerga borganimizdan so‘ng tashkilotchilik ma’qul keldi. Qaror qabul qilib bo‘lingan, shu bois e’tirozga hojat qolmagandi. Biz faqat ishlashda davom etdik. Ishonasizmi, kuniga 20 soatdan ishladik, bu esa o‘z mevasini berdi».

— «E’tibor bergan bo‘lsangiz, hech bir o‘yinda Sardor Azmun, Mehdi Taremi va Karim Ansarifadni bir paytda maydonga tushirmadik. Albatta, men futbolchilarni tushunaman, hamma futbol o‘ynashni xohlaydi, ammo biz uchun natija muhim edi va buni futbolchilarga astoydil uqtirdim. Men jamoa uchun nima eng yaxshisi bo‘lsa, shuni bajarishga intildim».

— «Hozirgi paytga kelib shartnomam tugadi, chunki ish muddati JCH saralash ikkinchi bosqich oxirigacha edi. Buyog‘iga nima bo‘lishini federatsiya hal qiladi. Shartnomani uzaytirish menga bog‘liq emas. Men faqat bir narsani xohlayman: Eron terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqishini», — deydi Dragan Skochich.



Source link

You may also like

Leave a Comment