Home Без рубрики Diyor Imomxo‘jayev: «Babayan, Abramov yoki istalgan boshqa murabbiyning istalgan klubda faoliyat olib borishini qo‘llab-quvvatlayman»

Diyor Imomxo‘jayev: «Babayan, Abramov yoki istalgan boshqa murabbiyning istalgan klubda faoliyat olib borishini qo‘llab-quvvatlayman»

by admin


PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev Samvel Babayan haqida gapirdi.
«Samvel Babayanning biror klubda ish boshlashi shu ligada intrigani oshiradi. Birinchidan, u sovrinlar uchun kurashadigan jamoa qila oladi. Ikkinchidan, akademiyadan yetishib chiqayotgan tarbiyalanuvchilarning asosiy jamoaga qadar bo‘lgan yo‘llari qanday bo‘lishi kerakligini yaxshi biladi.

Sizda savol bo‘lishi mumkin: Babayanni tanqid qilarding, nega endi bunday fikr degan. Tushuntirish beraman. Har qanday mutaxassisga turli rakursdan qarash mumkin. Reglamentga amal qilsa, boshqalarning huquq va erkinliklariga hurmat bilan munosabatda bo‘lsa va umuman qing‘ir ishlar qilmasa, men Babayan, Abramov yoki istalgan boshqa murabbiyning istalgan klubda faoliyat olib borishini qo‘llab-quvvatlayman.

Biz shunday tizim yaratishimiz kerakki, qonunlar, nizomlar har qanday shaxsdan ustun bo‘lishi kerak. Agar shaxslar ulardan ustun bo‘lishga intilayotgan bo‘lsa, u holda ularga qarshi kurashish kerak. Bizning asosiy prinsipimiz shu. O‘zaro tiyib turish tushunchasi doim ishlashi shart», — deb yozadi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi kanalida.



Source link

You may also like

Leave a Comment