Home Без рубрики Chavandozlarimiz Rossiyadagi Jahon kubogi bosqichida yana g‘olib bo‘lishdi

Chavandozlarimiz Rossiyadagi Jahon kubogi bosqichida yana g‘olib bo‘lishdi

by admin


Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahridagi «Maxima» ot sport majmuasida Jahon kubogining navbatdagi bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada yurtimiz chavandozlari ham munosib ishtirok etishdi.
Jumladan, vakillarimiz YevroOsiyo ligasi doirasidagi to‘siqlardan sakrash, ya’ni konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda shohsupaga ko‘tarilishdi.

CSI-1 *, GOLD TOUR yo‘nalishidagi g‘olib va sovrindorlar:
1. Saidamirxon Turg‘unboyev (O‘zbekiston),
2. Ayan Gani (Qozog‘iston),
3. Bahromjon Gaziyev (O‘zbekiston).

Ushbu yo‘nalishda faxrli 4-o‘rin ham o‘zbekistonlik sportchi Xurshidbek Alimjonovga nasib etdi. Mezbonlar esa atigi 5-o‘rin bilan cheklanishdi. Mariya Mixailina eng yaxshi natija qayd etgan rossiyalik sportchi bo‘ldi va u umumiy hisobda atigi 5-pog‘onadan joy oldi.

CSI-W 140 sm yo‘nalishidagi g‘olib va sovrindorlar:
1. Bekzod Qurbonov O‘zbekiston),
2. Tatyana Berlachko (Rossiya),
3. Nurjon Tuyakbayev (O‘zbekiston).



Source link

You may also like

Leave a Comment