Home Без рубрики Azim Ahmedov: Sog‘ bo‘linglar, «Navbahor» chempion bo‘lsin

Azim Ahmedov: Sog‘ bo‘linglar, «Navbahor» chempion bo‘lsin

by admin


«Navbahor» Superliganing 12-turida o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qildi va so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga alamli mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvdan so‘ng «lochinlar» yarim himoyachisi Azim Ahmedov «Instagram»dagi sahifasi orqali uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi va jamoa bilan xayrlashganligi haqida yozib qoldirdi.

«Muxlislardan bugungi o‘yin uchun uzr so‘rayman. Bizni kechirasizlar, aziz muxlislar, mening mehnatlarimdan rozi bo‘linglar. Menga muxlislik qildinglar, qo‘llab-quvvatladinglar katta rahmat. Men sardorlikni ham topshirdim. Bizning mehnatlardan rozi bo‘lishmadi, mayli. Sog‘ bo‘linglar, «Navbahor» chempion bo‘lsin», — dedi Ahmedov.

Bir necha daqiqa o‘tgach, futbolchi ushbu postni o‘chirib yubordi. Hozircha uning namanganliklar safini rasman tark etganligi haqida xabarlar yo‘q.



Source link

You may also like

Leave a Comment