Home Без рубрики Amerika Kubogi. Argentina penaltilar seriyasida Kolumbiyani yengib, finalga chiqdi

Amerika Kubogi. Argentina penaltilar seriyasida Kolumbiyani yengib, finalga chiqdi

by admin


Foto: Getty Images
Amerika Kubogi—2021 ikkinchi yarim finalida Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Lautaro Martines Messining uzatmasidan keyin hisobni ochdi. 61-daqiqada Luis Dias Marulanda muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi.

Seriyada argentinaliklar posboni Emiliano Martines uchta zarbani qaytardi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Argentina terma jamoasi finalga yo‘l oldi va unda Braziliya qarshi bahs olib boradi. Final bahsi Toshkent vaqti bilan 11 iyul tongi soat 05:00 da boshlanadi. Kolumbiya esa Peruga qarshi 3-o‘rin uchun bahs olib boradi.

Amerika Kubogi—2021
1/2 final bahsi
Argentina – Kolumbiya 1:1
Gollar:
1:0 – 7 Martines, 1:1 – 61 Dias.
Penaltilar seriyasi — 3:2
Argentina: Martines, Molina (Montiyel, 46), Petsselya, Otamendi, Talyafiko, de Paul, Rodriges, Lo Chelso (Paredes, 56), Messi, Martines, Gonsales (Di Mariya, 67).
Kolumbiya: Ospina, Munyos, Mina, Sanches, Tesilyo (Fabra, 46), Kuadrado, Barrios, Kuelyar (Chara, 46), Dias, Borre (Kardona, 46), Sapata (Borxa, 60).
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (21), Kuadrado (45), Fabra (55), Borxa (63), Montiyel (72), Munyos (75), Kardona (86), Rodriges (87), Barrios (88), Petsselya (90).



Source link

You may also like

Leave a Comment