Home Без рубрики Alisher Nikimbayev: O‘zbekiston MTJ Saudiyaga yutqazsa ham keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Agarda…

Alisher Nikimbayev: O‘zbekiston MTJ Saudiyaga yutqazsa ham keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Agarda…

by admin


O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan oxirgi turni o‘tkazadi. Mazkur bahs Saudiya Arabistoniga qarshi kechadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.

Ayni paytda Vadim Abramov shogirdlari 7 turda 15 ochko jamg‘arishdi. Saudiyaliklar esa shuncha o‘yinda 17 ochkoga ega. Endi oxirgi turda keyingi bosqich masalasi hal etiladi.

Ko‘pchilikning e’tibori ertangi bellashuvga qaratilgan. Turli hisob-kitoblar bosh-og‘riqlarni keltirib chiqarmoqda. Taniqli mutaxassis Qatarda faoliyat olib borayotgan Alisher Nikimbayev telegramdagi sahifasida ham shunday matematika fanidan olgan bilimlarini sinab ko‘rdi. Uning bildirishicha, Saudiyaga yutqazsak ham keyingi bosqichga chiqish ehtimolimiz bor ekan.

— Darvoqe, ehtimoliy mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham, O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchinchi bosqichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega. Buning uchun Yaman Falastinni 13:0 hisobida mag‘lub etishi kerak (12:0 ham mumkin, ammo Falastinda juda ko‘p ogohlantirish va chetlatishlar mavjud).

O‘shanda Falastin beshinchi o‘ringa tushib ketadi va O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan o‘yinni hisobga olmaganda 12 ochkoga ega bo‘ladi, — dedi Alisher Nikimbayev.



Source link

You may also like

Leave a Comment